Toni Kroos Pedrini o'z poziciyasida eng kuchli futbolchi deb biladi

  • Mr.NoBoDy 06.05.2025 15:24
  • 72
  • 30

Faoliyatini yakunlagan "Real" va Germaniya terma jamoasi afsonaviy yarim himoyachisi Toni Kroos "Barselona" yarim himoyachisi Pedrining o'yiniga qoyil qolishini bildirdi.

Kroosning takidlashicha, 22 yoshli yarim himoyachi hozirgi "Barsa"ning asosiy figurasi va zamonaviy futbolning eng qimmat futbolchilaridan biri.

"Mening fikrimcha, Pedri – o'z poziciyasida eng zo'r. Bu raqibdan qatiy nazar maydonga tushmasa, o'rni seziladigan futbolchi. U nafaqat gol uradi va uzatmalarni amalga oshiradi, balki jamoaga echimlar taklif etadi. Birgina Chempionlar Ligasida u har bir uchrashuvda raqibni o'rtacha 52 marta aldaydi, La Ligada esa 59 marta. U umumiy olsak, 11-12 himoyachini ortda qoldiradi. Bu juda katta raqam", – dedi Kroos.

"Real" sobiq futbolchisining so'zlari, ayniqsa, "Barselona"ning joriy mavsumdagi o'yinlaridan kelib chiqqan holda ramziy manoga ega. Xansi Flik boshchiligidagi jamoa allaqachon ikkita sovrin – Ispaniya Superkubogi va Ispaniya Kubogini qo'lga kiritdi. Boz ustiga, har ikki finalda kataloniyaliklar "Real"ni mag'lub etishdi (5:2 va 3:2), shuningdek, La Liga bahsida ham ishonchli g'alabaga erishdilar (4:0).

Bundan tashqari, "Barselona" UEFA Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar etib bordi va "Inter" bilan o'ynamoqda. Birinchi uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo'lsa, javob o'yini 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi Italiyada bo'lib o'tadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar