MYU futbolchisini 35 mln evroga baholamoqda.
"Barselona" futbolchiga asosiy davogarlardan biri sanaladi. Kataloniyaliklar allaqachon futbolchining agenti bilan muzokara olib borgan. Angliyalik futbolchi "ko'k-anorranglilar" tarkibini to'ldirishga rozi bo'lgan.
Reshford joriy mavsumning ikkinchi yarmida "Aston Villa"da ijarada o'ynadi. "Sherlar" mankunianliklar bilan futbolchini sotib olish borasida muzokara olib borishni rejalashtirmayapti.
27 yoshli vinger ushbu mavsum barcha turnirlarda 41 o'yin o'tkazib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Reshford uchun mavsum nihosiga etgani malum qilingan edi.