Argentinalik sobiq futbolchi Luis Galvan 77 yoshida vafot etdi. U markaziy himoyachi sifatida to‘p tepgan va Argentina terma jamoasi tarkibida 1978 yilgi Jahon chempionatida g‘oliblikka erishgan.
O‘sha mundialda Galvan guruh bosqichi va final uchrashuvlarining to‘liq maydonda o‘tkazgan.
Klub darajasida u “Loma”, “Atletiko Belgrano”, “Sentral Norte”, Boliviyaning “Bolivar” hamda “Talyeres” jamoalarida to‘p tepgan. “Talyeres” klubi tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi sifatida hozirgacha rekordchi hisoblanadi.