Chempionlar Ligasi
1/2 final
Javob uchrashuvi
PSJ – "Arsenal" 1:0 (LIVE)
Parij. "Park de Prens". 00:00
PSJ: Janluiji Donnarumma, Ashraf Hakimi, Markinos, Vilyan Pacho, Nunu Mendesh, Joau Nevesh, Vitinya, Fabian Ruis, Bredli Barkolya, Xvicha Kvaracxeliya, Dezire Due.
"Arsenal": David Rayya, Yurrien Timber, Uilyam Saliba, Yakub Kivyor, Mayls Lyuis-Skelli, Deklan Rays, Tomas Parti, Martin Edegor, Bukayo Saka, Gabriel Martinelli, Mikel Merino.
Birinchi uchrashuv: 1:0
Ogohlantirishlar: Nunu Mendesh (18), Deklan Rays (26).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
27. GOOOOOL! Fabin Ruis jarima maydonchasi chizig'idan yo'llagan kuchli zarbasi orqali to'pni shunchaki darvozaga joylab qo'ydi – 1:0!
26. Deklan Rays Xvicha Kvaracxeliyaga nisbatan qoidani buzdi va jazolandi.
23. Zarba! Mehmonlar xatosidan so'ng Dezire Due darvozani nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo to'p to'g'ri Rayyaning qo'llariga borib tushdi.
22. Zarba! Timberning o'ng oyoqda olisdan bergan zarbasiga Janluiji Donnarumma ega chiqdi.
18. Nunu Mendesh Yurrien Timberga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi.
17. Zarbaaa! Xvicha Kvaracxeliya jarima maydonchasi burchagidan zarba yo'lladi va darvoza ustunini poyladi. Yaxshi zarba.
13. Parijliklar to'pni londonliklarga topshirib, himoyada xotirjamlikni saqlab turibdi.
11. PSJ to'pni egallab olib, katta tezlikda oldinga o'tdi. Hakimining erlatib bergan pasi yaxshi o'ylandi, lekin bu David Rayyaga tayyor sovg'a edi.
9. Donnarummaga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. Luis Enrike vaziyatdan foydalanib, shogirdlariga bir nimalarni uqtirmoqda.
8. Zarbaaa! Dahshaaat! Martin Edegorning erlatib yo'llagan kuchli zarbasini Donnarumma qaytarishga erishdi! Qanday darvozabon-e bu!
4. Zarbaaa! Martinellining yaqin masofadan chap oyoqda bergan zarbasini Donnarumma qaytardi! Eng qizig'i, to'p "aut"dan uzatilgandi.
3. Uuuux! Timberning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Deklan Rays bosh bilan darvozani biroz noaniq nishonga oldi. Birinchi xavfli zarba "Real"ni ranjitgan futbolchida.
2. "Park de Prens" bugun shunchaki "yonadi". PSJ birinchi uchrashuvdagi shashtini ko'rsatsa, "Arsenal" yo'qotadigan narsasi yo'qligini his etgan holda jang taklif etadi.
1. Germaniyalik bosh hakam Feliks Cvayer o'yinni boshlab berdi!
- Futbolchilar maydonga chiqib kelishdi va ECHL madhiyasi yangrab o'tdi.
- Uchrashuv 00:00 da boshlanadi.