Muhammad Saloh: "Buni hech kim kutmagandi"

  • Mr.NoBoDy 11.05.2025 01:24
  • 168
  • 30

"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh jamoaga yangi bosh murabbiy bo'lgan Arne Slot davridagi o'zgarishlar haqida gapirdi.

- Slot davri haqida so'rasak: Kloppning ketishi jamoani yomon tarafga o'zgartirishi mumkinmidi?

- To'g'risini aytsam, bunchalik tez g'alabalar qozonamiz deb o'ylamagandim. Barchasi bunchalik tez yaxshilanib ketishini kim kutibdi deysiz? Menimcha hech kim.

Mavsumoldi yig'inlarda Arne mening oldimga kelib, boshqalarga o'rnak sifatida ko'rsatdi. Men esa havotir olish kerak emasligini, bor kuchim bilan o'ynashimni aytdim. Shunchaki boshqalarga o'rnak bo'lish uchun emas, doimo shunday bo'laman.

U o'yinlarda mendan nimalar kutishini, ayniqsa, hujumni qurishdagi mening ahamiyatimni aniq qilib tushintirdi, bu esa menga maqul keldi.

Arne jamoadagi raqobatni oshirib yubordi. Balki Klopp davrida bizda qulay zona humronlik qilgandir.

Slot va uning shtabi dialoglarga asoslangan, doimo hissiyotlarni muhokama qiladi, to'g'ridan-to'g'ri munosabatlarga kirishadi. Bu menga va jamoaga katta yordam berdi. Yakunda bu bizga g'alabalarni taqdim qildi, - dedi Saloh.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar