O'yinni 75 504 nafar muxlis tomosha qilgan.
"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, bu o'yinda Italiya futboli tarixida chipta sotishdan tushgan daromad bo'yicha rekord o'rnatildi – "Inter" 14,7 mln evro daromad oldi. Avvalgi maksimal ko'rsatkich 2023 yilgi Chempionlar Ligasi yarim finalida "Inter" va "Milan" o'rtasida kuzatilgan bo'lib, o'shanda 12,5 mln evro ishlab topilgandi.
Endi Milan klubini Franciya grandi "Pari Sen-Jermen" bilan so'nggi qarama-qarshilik kutib turibdi. Chempionlar Ligasi finali 31 may kuni Myunxendagi "Alyanc Arena"da bo'lib o'tadi.