Superliga 9-turi doirasidagi derbida hozircha farg'onaliklar oldinda bormoqda (1:0).
Uchrashuvni "Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi Maksim Shackix bevosita "Bobur Arena"dan kuzatib bormoqda.
Avvalroq "Andijon" bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishdan bo'shatilgan va klub bir qator murabbiylar bilan muzokaralar olib borayotgani malum bo'lgandi. Nomzodlar orasida Shackix nomzodi favorit bo'lib, u sharoitlar bilan yaqindan tashinib chiqishi va shundan keyin o'z qarorini malum qilishi aytilgandi.