Ingliz jamoalari 21 may kuni Evropa ligasi finalida o'zaro bahs olib boradi. Ushbu o'yin g'olibi kelasi mavsum ECHLga yo'llanma beradi.
"Oldin ham aytganman, bu ikki jamoa ECHLga tayyor emas. Ularga ECHL va ushbu turnir uchun mos futbolchilarni olib kelish uchun pul kerak.
"Manchester Yunayted" kabi katta statusli va tarixga ega klub uchun ECHL oddiy holat bo'lishi kerak. Biroq so'nggi yillar davomida ularni ECHLda doim ham ko'rmadik. Ayniqsa hozir klubda murabbiylarning ketma-ket almashinuvi jamoaning holatini o'zgartirib yubordi
"Tottenxem" esa sovrin olishni va pul tikishni boshlashi kerak. Bu orqali "Tottenxem" barqaror bo'lishi, "Manchester Yunayted" esa shunchaki sovrinlarga jiddiy qarashi kerak", - dedi sobiq darvozabon.