Ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoalar soni qirq sakkiztagacha ko‘payadi.
FIFA kengashi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatini 48 ta jamoagacha kengaytirishga qaror qildi, deb xabar bermoqda The Times jurnalisti Martin Zigler.
The Athletic nagrining qayd etishicha, musobaqa 2031 yilda yangi formatda o‘tkazilishi kerak. Ushbu turnirga AQSH mezbonlik qiladi.
2023 yilda ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoalar soni 32 taga yetkazildi.