Mikel Arteta: "Hakimi javob o'yinida gol urmasligi kerak edi"

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 00:00
  • 81
  • 30

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikriga ko'ra, ECHL yarim finalining birinchi o'yinida Ashraf Hakimi qizil kartochka olib maydonni tark etishi kerak edi.

"Arsenal" yarim finalning ikkala o'yinida ham PSJga (0:1 va 1:2) mag'lub bo'lib, finalga chiqa olmadi.

Londondagi uchrashuvning 87-daqiqasida parijliklar futbolchisi o'z jarima maydonchasi yonida Gabriel Martinellini yiqitdi. Garchi marokashlik futbolchida sariq kartochka bo'lsa-da, hakamlar unga ikkinchi sariqni berishni istashmadi. Uchrashuvni Slavko Vinchich boshqarib borgandi.

Javob o'yinida esa Hakimi 72-daqiqada gol urdi.

"Bizga qarshi o'ynagan Hakimi uchrashuvning so'nggi 10 daqiqasida maydonda bo'lmasligi, ikkinchi o'yinda esa umuman qatnashmasligi kerak edi.

Futbolda tasodifiy holatlar juda ko'p bo'ladi", - dedi Arteta.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar