Rasman: Iroq termasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 00:48
  • 177
  • 30

Avstraliya termasining sobiq bosh murabbiyi Grem Arnold endilikda Iroq termasini boshqaradi.

2018-2024 yillar davomida Avstraliya termasini boshqarib, 68 o'yinda 39 g'alaba 10 durang va 19 mag'lubiyat qayd etgan murabbiy o'tgan yilning sentyabr oyida istefoga chiqqandi. O'shanda uning Avstraliyasi o'z maydonida Bahraynga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan va Indoneziyada 0:0 hisobini qayd etgandi.

Kecha u Bog'dodga etib borgan va Iroq FA bilan shartnoma imzolagan. Shuningdek, Lyuk Uilkshir ham uning shtabida ish boshlaydi.

Arnoldning termadagi kelajagi Iroq termasining navbatdagi o'yinlaridagi natijalariga bog'liq bo'ladi. Jamoa 5 iyun kuni Janubiy Koreyani qabul qilsa, 10 iyunda Iordaniyaga qarshi safar o'yinini o'tkazadi. Termaning JCHga chiqish uchun imkoniyatlari etarlicha.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar