Superliga. "So'g'diyona" - "Sho'rtan" 0:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 11.05.2025 22:08
  • 135
  • 30

Superliganing 9-turidan o'rin olgan “So'g'diyona” - “Sho'rtan” uchrashuvi boshlanmoqda.


“So'g'diyona” — “Sho'rtan” 0:1  LIVE

11.05.2025, 20:15

Bosh hakam: To'rabek Suyunov

Yordamchi hakamlar: Shohnur Yuldoshev, Sardor Umirzoqov

Zaxira hakami: Sevdiyor Hamroqulov

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: G'ayrat Jo'raev

AVAR: Aleksandr Sidorov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Otabek Ahadov (avtogol) 77, 0:1

"So'g'diyona": 21. Muhammadyusuf Sobirov, 3. Islomjon Qobilov, 4. Otabek Ahadov, 7. Xondamir Mustafoqulov, 8. Suxrob Izzatov ( 18. Oybek Nurmatov, 70), 11. Sahob Rashidov (99. Umidbek Sultonov, 58) 14. Lyupcho Doriev, 17. Ehsoni Panshanbe ( 42. Sardorbek Erkinov, 85), 19. Javohir Qahramonov,23. Sardorbek Hoshimov, 28. Stanislav Andreev

Zaxira: 1. Shoxruh Isaqov, 2. Zoir Jo'raboev, 5. Behruz Jumatov, 6. Samandar Sindarov, 34. Dilshodbek Misiraliev, 46. Inomjon Abdumajidov, 

"Sho'rtan": 1. Shoxruhjon Eshbo'taev, 4. Ulug'bek Xudoyberdiev, 6. Sirojiddin Qo'ziev, 10. Temur Mamasidiqov (22. Sardor Sadullaev, 58), 11. Daler Sharipov (18. Og'abek Asadov,  58), 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 15. Jo'rabek Mannonov, 21. Murodxo'ja Jabborov ( 7. Bekzod Suvonov, 74), 24. Doniyorjon Narzullaev, 33. Bekjon Rahmatov (99. Kamron Saidazimov, 46), 55. Azizbek Pirmuhammadov

Zaxira: 35. Sherzodbek Abduraimov, 3. Shoxjahon Sultonmurodov, 5. Mirkomil Abdurazzoqov, 8. Shahboz Nuriddinov, 77. Asadbek Saitxonov

Ogohlantirish: Lyupcho Doriev ("So'g'diyona") 10, Sahob Rashidov ("So'g'diyona") 23, Azizbek Pirmuhammadov ("Sho'rtan") 45+5

Chetlatish: Sardor Sadullaev ("Sho'rtan") 83

YANGILASH


83. CHETLATISH. "Sho'rtan" safida zaxiradan maydonga tushgan Sardor Sadullaev qizil kartochkaga loyiq ko'rildi. G'uzorliklar qolgan daqiqalarni bir kishi kam bo'lib o'tkazadi. Hakam VAR aralashuvi bilan qizil kartochkani ko'rsatdi.

77. GOL. Sen urmasang, senga urishadi. "Sho'rtan" qarshi hujumda "So'g'diyona"ga gol urib hisobni ochdi. Jo'rabek Mannonov uzoq masofadan aniq zarba yo'llab gol muallifiga aylandi. To'p yo'l yo'lakay mezbonlardan Otabek Ahadovga tegib darvozadan joy oldi.

75. Sultonovning chiroyli uzatmasiga Doriev yakun yasay olgani yo'q. Mezbonlarda to'liq ustunlik.

73. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Murodxo'ja Jabborov o'rniga Bekzol Suvonov tushdi.

71. ZARBA. Dorievda gol urish uchun yana bir imkoniyat yuzaga keldi. 

66. "So'g'diyona"ning ketma-ket hujumlari samarasiz ketmoqda. 

58. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Sahob Rashidov o'rniga Umid Sultonov tushdi.

58. O'ZGARISH. "Sho'rtan", Temur Mamasidiqov o'rniga Sardor Sadullaev tushdi. 

50. ZARBA. Sardorbek Hoshimov "Sho'rtan" jarima maydonchasi ichida darvozaga zarba berdi. Xavfli ammo noaniq.

46. ZARBA. Dorievning zarbasini Eshbo'taev qaytardi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

40. "Sho'rtan" futbolchisi Jabborov zarba berishga urinib ko'rdi. Qobilov to'p yo'liga g'ov bo'ldi.

30. "So'g'diyona"ning hujumlari aniq ko'rinish olmayapti. "Sho'rtan" himoyachilari o'z ishini yaxshi bajaryapti.

23.  OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", Sahob Rashidov

20. Dorievdan yurish. "So'g'diyona"dan yaxshi tashkillangan hujum. Sahob Rashidov to'pni oyog'iga to'g'irlay olmadi.

17. ZARBA. Dorievning murakkab zarbasini Eshbo'taev qaytardi. 

16. Yana "Sho'rtan"dan xavfli yurish. Oxirgi zarba noaniq. 

14. "Sho'rtan" mezbonlar darvozasi oldida keskinlik yaratdi. Daler Sharipovda juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Uning zarbasi juda kuchsiz chiqdi.

10. O'yindagi birinchi sariq kartochka. "So'g'diyona" legioneri Lyupcho Doriev ogohlantirildi.

- O'yin boshlandi.

- Jamoalar maydonga chiqib keldi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar