FIFA Ronalduning klublar o‘rtasidagi JCHda o‘ynashini istamoqda

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 06:22
  • 99
  • 30

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) «An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronalduning yaqin yozda bo‘lib o‘tadigan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishini istamoqda. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, FIFA tomonidan "bunday yo‘nalishda harakatlar" bo‘lishi mumkin. Shu bilan birgalikda, «An-Nasr» ushbu musobaqa ishtirokchisi hisoblanmaydi.

Musobaqa AQSHda 15 iyundan 13 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistonidan unda «Al-Hilol» jamoasi qatnashadi.

Joriy mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda jami 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 33 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar