"Alonso – "Bayer"ning rivojlanishida haqiqiy burilish nuqtasi. Xabi bilan birga maydondagi o'yini va ruhiyati bilan butun futbol olamini hayratga solgan jamoani shakllantirdik. Biz erishgan ulkan yutuqlar va klubning bugungi kundagi mavqei bilan faxrlanamiz hamda unga kelajakdagi faoliyatida omad tilaymiz. Ishonchim komilki, yo'llarimiz yana ko'p bor kesishadi", – dedi Rolfes.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonso kecha "Bayer"dan ketayotganini rasman elon qildi. U "Real" bilan 3 yillik shartnoma tuzishi kutilmoqda.