Ronaldu "Sporting"ga o'tishga yaqin. Portugaliyalik JCH-2026ga qadar vataniga qaytmoqchi

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 11:16
  • 102
  • 30

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lissabonning "Sporting"iga qaytishi mumkin.

Bu haqda "Fichajes" xabar bermoqda.

40 yoshli futbolchi JCH-2026gacha formasini saqlab qolish uchun bunday imkoniyatdan mamnun bo'lardi. 

Ushbu transferga "sherlar"ning eng yaxshi to'purari, "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin bo'lgan Viktor Gyokereshning sotilishi ham tasir ko'rsatishi mumkin. Uning MYUga o'tish ehtimoli yuqori, chunki jamoani lissabonliklar sobiq bosh murabbiyi Ruben Amorim boshqaradi.

Avvalroq KriRo faoliyatini o'zi o'sib-ulg'aygan "Sporting"da tugatishni orzu qilayotgani ko'p marta aytilgan.

Krishtianu 2024/2025 yilgi mavsum klub miqyosida 39 o'yin o'tkazib, 33 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portali goleadorni 12 mln evroga baholagan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar