"Ko'plab klublar Brunu kabi futbolchini safiga qo'shib olmoqchi bo'lishi normal holat. Xuddi shu narsa bizning boshqa futbolchilarimizga ham tegishli. Lekin biz eng yaxshi o'yinchilarni saqlab qolmoqchimiz. Bruno, shubhasiz, dunyoning eng yaxshilaridan biri, shuning uchun bizning fikrimiz o'zgarmadi. Biz Brununing shu erda qolishini istaymiz. U sotilmaydi", – dedi Amorim matbuot anjumanida.
Brunu Fernandesh shu yilning kuzida 31 yoshga to'ladi. Yarim himoyachining "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.