OKMK 6 yildan buyon Qo'qonda g'alaba qozona olmayapti

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 17:48
  • 51
  • 30

Birozdan so'ng Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - OKMK uchrashuvi start oladi.

Jamoalar shu kunga qadar elitada 18 bor uchrashishgan bo'lib, katta ustunlik olmaliqliklar tomonida 10 g'alaba. 4 ta o'yinda "Qo'qon-1912"ning qo'li baland kelgan bo'lsa, yana shuncha uchrashuvda g'olib nomi aniqlanmagan. 

OKMK so'nggi marotaba Qo'qondan 2019 yil g'alaba bilan qaytgan. Keyingi 3 ta bahsning 2 tasida murosa ko'chasi tanlangan bo'lsa, 1 ta bahsda mezbonlar uch ochkolik bo'lishgan.

23.11.2019. "Qo'qon-1912" - OKMK 1:3

26.10.2020. "Qo'qon-1912" - OKMK 1:0

20.11.2021. "Qo'qon-1912" - OKMK 2:2

09.09.2022. "Qo'qon-1912" - OKMK 0:0

Malumot uchun, Mirjalol Qosimov shogirdlari ayni vaqtda Superliga turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda. "Qo'qon-1912" esa oltinchi pog'onadan joy olgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar