Superliga. "Nasaf" – "Bunyodkor" 1:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 20:40
  • 75
  • 30

Superliga 9-turidan o'rin olgan bellashuv davom etmoqda.

Superliga 

9-tur

"Nasaf" – "Bunyodkor" 1:1 (LIVE)

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00

Gol Rubin Xebay (Oybek Bozorov) 23' – Nosirjon Abdusalomov (Luis Kaochrri) 78'

Bosh hakam: Olim To'ychiboev

Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov

Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Amir Galeev

Komissar: Vladimir Nazarov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev (28.Shuhrat Muhammadiev, 75), 6.Murodbek Rahmatov (7.Akmal Mozgovoy, 66), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran (19.Stefan Cholovich, 66), 22.Igor Golban, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Rubin Xebay (18.Husayn Norchaev, 66).

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Suhrob Nurulloev, 24.Sardorbek Bahromov, 33.Bahodir Xalilov.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Imeda Ashortia (21.Nosirjon Abdusalomov, 76), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (22.Azizbek Amonov, 64), 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov (30.Sardor Abdunabiev, 64), 57.Amir To'raqulov (8.Martin Shroler, 46), 74.Luis Kachorri, 77.Muzaffar Olimjonov.

Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 5.Aleksandr Zevadinov, 10.Rasul Yo'ldoshev, 18.Narimjonjon Ahmadjonov , 66.Azizbek To'lqunbekov.

MATNLI TRANLSYACIYA

YANGILASH



78. GOL! Kachorrining mohirona pasidan keyin Abdusalomov birga-bir holatga chiqib borib, hisobni tenglashtirdi – 1:1!

76. "Bunyodkor"da o'zgarish: Ashortia o'rniga Abdusalomov bahsga qo'shildi. 

75. "Nasaf"da almashtirish: G'aybullaev o'rniga Muhammadiev maydonga tushdi. 

73. Zarba! Sardor Abdunabievning kuchli zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

70. G'olib G'aybullaev tibbiy yordam olmoqda. Bu paytda esa boshqa futbolchilar biroz nafas rostladi. 

67. Zarba! Olimjonovning uzatmasidan so'ng Amonov bosh bilan noaniq zarba yo'lladi. 

66. "Nasaf"da 3 ta o'zgarish: Cheran o'rniga Cholovich, Rahmatov o'rniga Mozgovoy, Xebay o'rniga Norchaev uchrashuvni davom ettiradi. 

64. "Bunyodkor"da 2 ta almashtirish: Rahimjonov o'rniga Abdunabiev, Abduxoliqov o'rniga Amonov tushirildi. 

61. Xebayning pasidan keyin Cheran deyarli birga-bir vaziyatga chiqib bordi va kuchsiz zarbasi bilan darvozabonni to'p bilan taminladi. 

59. Uuuux! Golbanning yaqin masofadan bosh bilan bergan zarbasi noaniq ketdi.  

55. Oybek Bozorov bugun maydonda shunchaki yayramoqda. Muxlislar haligacha undan legioner maqomiga erishishini kutadi. Jumladan, biz ham. 

53. Zarbaaa! Martin Shrolerning aylanma zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi. 

51. Rahimjonov Bozorovni qo'li bilan itarib yubordi, ochiqchasiga. Jarima zarbasi belgilandi, ammo sariq kartochka negadir berilmadi. Qiziq.

50. Uuuux! Xebay-Bozorov kombinaciyasi gol bilan yakunlanishiga bir baxya qoldi, Abdumavlon Abdujalilov zarbani qaytarib, jamoasini qutqardi! 

49. Zarbaaaa! Martin Shrolerning jarimadan yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib maydonni tark etdi. Dahshat! 

48. Luis Kachorriga nisbatan fol ishlatildi, yaxshi nuqtadan jarima zarbasi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. "Bunyodkor"da o'zgarish: To'raqulov o'rniga Shroler bahsni davom ettiradi. 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

43. Uuuux! G'aybullaevning bosh bilan bergan zarbasini Abdujalilov qaytardi, qaytgan to'p Dragan Cheranga etib keldi va tajribali hujumchi uni bo'sh qolgan darvozaga kiritolmadi. 

42. Hamrobekov Nasrullaevga nisbatan qoidani buzdi. Odil termadagi sherigi Sherzoddan kechirim so'rab qo'ydi. 

39. Uuuux! Normurodovning uzoqdan bershan kuchli zarbasini Abduvohid Nematov qaytardi! 

37. Rubin Xebay Marko Bugarin tomonidan yiqitildi. Hakam mehmonlar vakilini og'zaki ogohlantirdi. 

35. "Qaldirg'ochlar" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng ustunlikni "ajdarlar"ga berib qo'ydi. 

32. Oybek Bozorovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan keyin to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. 

30. Najmiddin Normurodov jamoadoshini uzun pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq to'p ancha noaniq ketdi.  

27. G'aybullaev va Bugarin maydon markazida jiddiy to'qnashib ketdi. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. 

23. GOL! Oybek Bozorovning uzun pasidan keyin Rubin Xebay mahoratini ko'rsatib, zarba berdi va to'p darvoza ustuniga tegib darvozadan joy oldi – 1:0! Qoyilmaqom uzatma va mohirona ijro etilgan zarba orqali gol!

21. Alibek Davronov Muzaffar Olimjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

19. Zarbaaa! Murodbek Rahmatovning kutilmaganda uzoqdan bergan zarbasi o'ta xavfli chiqdi, ammo noaniq ko'rinish oldi. 

17. Hamrobekov Bozorovga nisbatan qoidani buzdi va Cheranning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qoldi.  

16. "Bunyodkor" hozircha o'yin nazoratini qo'lga olgan, "Nasaf" raqibga imkon bermoqda. 

14. Zarbaaa! Olimjonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Boburbek Yo'ldoshev darvozaga yo'naltirdi, sal noaniq.  

12. Bugarinning aylanma uzatmasi Olimjonovga qadar etib keldi, uning pasidan keyin esa Eshmurodov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bugarinning uzatmasi shunchaki go'zal!

8. Olimjonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi hammadan o'tib Nomurodovga etib keldi. Najmiddinning zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi va to'p "aut"ga yo'l oldi. 

6. Uuuux! G'olib G'aybullaev jarima zarbasi orqali olis masofadan erlatib zarba yo'lladi. Juda xavfli, ammo sal noaniq ketdi. 

5. Rubin Xebay Yo'ldoshev bilan to'qnashib ketib, maydonda yotibdi. U tibbiy yordam zarurati yo'qligini malum qildi. 

3. Rahmatov chap qanotda faollik ko'rsatib, to'pni jamoasiga qaytarib oldi. 

1. O'yin boshlandi!

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar