"Manchester Yunayted" ECHLning eng yaxshi darvozabonlaridan birini nishonga oldi

  • Mr.NoBoDy 10.05.2025 19:24
  • 81
  • 30

Donnarumma "qizil iblislar" etiborini tortdi.

"Manchester Yunayted" klubi PSJ va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma bo'yicha taklif bilan chiqishga tayyor.

26 yoshli italiyalikning parijliklar bilan shartnomasi 2026 yilning iyunida yakuniga etadi va uning shu yozda ketishi mumkinligi haqida xabarlar ko'paymoqda.

Avvalroq "Manchester Yunayted"ning qiziqishidan tashqari, "Yuventus" va hatto Donnarumma bilan Chempionlar Ligasi finalida o'ynaydigan "Inter" ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"TEAMtalk"ning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim shaxsan klub rahbariyatidan Donnarumma transferi bo'yicha taklif bilan chiqishni so'ragan.

Avvalroq "Manchester Yunayted" tajribali darvozabon bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani xabar qilingan edi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar