Superliga
9-tur
"Nasaf" – "Bunyodkor" 1:0 (LIVE)
Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00
Gol Rubin Xebay (Oybek Bozorov) 23'
Bosh hakam: Olim To'ychiboev
Yordamchi hakamlar: Alisher Usmonov, Sanjar Shoyusupov
Zaxira hakami: Muhammadali Baxtiyorov
Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev
VAR: Ibrohim Ismoilov
AVAR: Amir Galeev
Komissar: Vladimir Nazarov
"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 6.Murodbek Rahmatov, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 22.Igor Golban, 34.Sherzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Rubin Xebay.
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 7.Akmal Mozgovoy, 14.Sharof Muhitdinov, 17.Suhrob Nurulloev, 18.Husayn Norchaev, 19.Stefan Cholovich, 24.Sardorbek Bahromov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Bahodir Xalilov.
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldoshev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Imeda Ashortia, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov, 57.Amir To'raqulov, 74.Luis Kachorri, 77.Muzaffar Olimjonov.
Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiev, 5.Aleksandr Zevadinov, 8.Martin Shroler, 10.Rasul Yo'ldoshev, 18.Narimjonjon Ahmadjonov, 21.Nosirjon Abdusalomov, 22.Azizbek Amonov, 30.Sardor Abdunabiev, , 66.Azizbek To'lqunbekov.
MATNLI TRANLSYACIYA
YANGILASH
30. Najmiddin Normurodov jamoadoshini uzun pas bilan taminlamoqchi bo'ldi, biroq to'p ancha noaniq ketdi.
27. G'aybullaev va Bugarin maydon markazida jiddiy to'qnashib ketdi. Futbolchilarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
23. GOL! Oybek Bozorovning uzun pasidan keyin Rubin Xebay mahoratini ko'rsatib, zarba berdi va to'p darvoza ustuniga tegib darvozadan joy oldi – 1:0! Qoyilmaqom uzatma va mohirona ijro etilgan zarba orqali gol!
21. Alibek Davronov Muzaffar Olimjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.
19. Zarbaaa! Murodbek Rahmatovning kutilmaganda uzoqdan bergan zarbasi o'ta xavfli chiqdi, ammo noaniq ko'rinish oldi.
17. Hamrobekov Bozorovga nisbatan qoidani buzdi va Cheranning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qoldi.
16. "Bunyodkor" hozircha o'yin nazoratini qo'lga olgan, "Nasaf" raqibga imkon bermoqda.
14. Zarbaaa! Olimjonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini Boburbek Yo'ldoshev darvozaga yo'naltirdi, sal noaniq.
12. Bugarinning aylanma uzatmasi Olimjonovga qadar etib keldi, uning pasidan keyin esa Eshmurodov to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Bugarinning uzatmasi shunchaki go'zal!
8. Olimjonovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pi hammadan o'tib Nomurodovga etib keldi. Najmiddinning zarbasi muvaffaqiyatsiz chiqdi va to'p "aut"ga yo'l oldi.
6. Uuuux! G'olib G'aybullaev jarima zarbasi orqali olis masofadan erlatib zarba yo'lladi. Juda xavfli, ammo sal noaniq ketdi.
5. Rubin Xebay Yo'ldoshev bilan to'qnashib ketib, maydonda yotibdi. U tibbiy yordam zarurati yo'qligini malum qildi.
3. Rahmatov chap qanotda faollik ko'rsatib, to'pni jamoasiga qaytarib oldi.
1. O'yin boshlandi!