Seyshel orollarida davom etayotgan plyaj futboli bo‘yicha jahon chempionati yarim finalida Braziliya terma jamoasi Portugaliya terma jamoasini 4:2 hisobida mag‘lub etdi.
Finalda esa amaldagi jahon chempioni braziliyaliklar Senegalni mag‘lub etgan (5:2) Belarus bilan o‘ynaydi.
Final va uchinchi o‘rin uchun bahs 11 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Belarus terma jamoasi birinchi marta jahon chempionati finaliga chiqdi, braziliyaliklar esa olti karra chempion.