Kurtua "Real" bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin

  • Mr.NoBoDy 11.05.2025 16:00
  • 105
  • 30

Tibo Kurtua "Real"da o'ynashda davom etmoqchi.

Belgiyalik posbon tez orada klub bilan kelishuvni uzaytirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikola Skira xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, kiper bilan yangi kelishuv 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Joriy mavsumda Kurtua "Real" safida barcha musobaqalarda 44 ta o'yinda maydonga tushdi va ularning 14 tasida gol o'tkazmadi. Uning bozor qiymati 25 mln evroga baholanmoqda.

Avvalroq, Kurtua Belgiya terma jamoasiga qaytish niyati borligini malum qilgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar