Franciyada mavsumning eng yaxshilari aniqlandi. Ramziy termadan 9 nafar PSJ futbolchisi joy oldi

  • Mr.NoBoDy 12.05.2025 08:24
  • 117
  • 30

PSJ hujumchisi Usmon Dembele Professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) tomonidan 2024/2025 yilgi mavsumda Liga 1ʼning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.

Franciyalik hujumchi joriy mavsum Liga 1ʼda 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 21 ta gol va 8 ta golli uzatma bor. Tashkilot shuningdek yana bir nechta nominaciyada g'oliblarni aniqladi.

Yilning eng yaxshi darvozabon “Lill” klubidan Luk Shevale, eng yaxshi murabbiy parijliklar ustozi Luis Enrike, xorijdagi eng yaxshi franciyalik futbolchi Kilian Mbappe tan olindi.

Shuningdek, yil ramziy terma jamoasi ham tuzildi. Ramziy termadan 9 nafar PSJ futbolchisi joy oldi.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar