Qayd etilishicha, madridliklar Tibo Kurtuaga uzoq muddatli o'rinbosari bilan shartnoma imzolashmoqchi. "Qaymoqranglilar" ikki darvozabonni short-listga kiritdi. "Real"ning ehtimoliy yangi futbolchilari ro'yxatida "Arsenal" darvozaboni David Rayya va "Brayton"ning niderlandiyalik posboni Bart Verbryuggen bor.
La Liganing 34 uchrashuvidan keyin "Real" ikkinchi o'rinda bormoqda. Madrid jamoasi hisobida 75 ochko mavjud.