O'yin haqida
— Qiyin, asabiy o'yin va yakun. Raqib bizga qandaydir jumbod berdi deya olmayman. Muammo doimgidek vaziyatlardan foydalanishda. Birinchi bo'limda ikkita o'lik vaziyat, ikkinchi taymda uchta. Urish kerak. Hamma muammo shunda. Ko'rinishidan barchasini to'g'ri qilishmoqda, shu sabab asabiy bo'lmoqda. Oldin ura olishmaydi, mudofaadagilar asabiylashishni boshlashadi. O'yin buziladi.
Natija adolatli bo'ldi. Yigitlar sabrli. Oxirigacha ochilmaydigan bunday jamoalar bilan o'ynash qiyin. Ularni ochish qiyin, ammo gol urish kerak, hammasi shunga qarab ketmoqda. Bo'sh darvozaga ura olmaslik nimani anglatadi? U o'yinchida mahrat yo'qliginimi? Yo'q, axir u eng yaxshi to'purar. Aniq zarba bera olmadi.
Bunday jamoalarga qarshi o'ynash qiyin, ular o'zlari ham o'ynashmaydi, o'ynashga ham berishmaydi. Ularda vaziyat bo'ldimi? Birorta ham bo'lmadi.
Biz doim tekis joyda keraksiz gollarni o'tkazyapmiz. Agar raqib bosim qilganda ham savollar bo'lmasdi. O'zlariga-o'zlari olib kelishdi, ammo bugun ozmi-ko'pmi mudofaada qatiy o'ynashdi.
— Nega Azimjon Ahmedov o'ynamayapti, uning jismoniy holati etarli darajada emasmi?
— U yaxshi jismoniy holatda. Bilishimcha, uni uchinchi yildirki tizzasi bezovta qilmoqda. U ayniqsa maydon o'zgarganda yallig'lanadi. Shunga qaramay, u asosiy tarkib o'yinchisi. Boshqa tomondan hozirda to'rtta himoya sxemasiga o'tdik va u bilan bu borada gaplashdik. Uch markaziy himoyachi bo'lib o'ynaganimizda, u shubhasiz asosiy tarkib o'yinchisi. Biz bunday jamoalarga qarshi hujumlar qilishimiz, gollar urishimiz kerak. Biz yigitlar golning tamini his qilishlarini xohlaymiz. Ushbu ibora uchun oldindan uzr so'rayman, ammo biz juda oson tug'amiz, lekin aqlbovar qilmas yo'llar bilan. Har o'yinda besh-oltita deyarli golli vaziyatlar yaratyapmiz, ammo hozircha ura olmayapmiz.
— Nega Mirzohid G'ofurov o'ynamayaptimi? Unda jarohat bormi yoki boshqa bir sabab?
— Yo'q, G'ofurov mana uchinchi mashg'ulotdirki Mo'minov bilan birgalikda umumiy guruhda shug'ullanmoqda. Ular bunga qadar reabilitaciyani o'tishdi, jarohatlari bor edi. G'ofurovning jarohati sakkiz yillik. U tizzada va bog'lamlarni yallig'lanib turadi va hokazo. Uni qattiy to'qnashuvda qanday olganini ko'rdingiz. Tiklandi. Asta-sekinlik bilan Kubok orqali o'yinga tortamiz. Ikki kundan keyin Kubok doirasida o'yinimiz bor. Barcha tiklangan yigitlarni ushbu o'yinga qo'yamiz, sababi uch kundan so'ng Toshkentda "Bunyodkor" bilan o'yinimiz bor. Barcha safarlar ketma-ket o'tadi. Barcha yigitlarning o'yini ochilyapti. Sizlarning Iminjonov, G'ofurov va Muminovlarni ko'rishingizga juda ham umid qilaman. Bundan tashqari shug'ullanayotgan yigitlar bor. Asosiy muammomiz — Pedro. Unga juda ham ishonch bildirgandik, u juda ham yuqori darajadagi o'yinchi. Ammo, unda eski jiddiy jarohati bor bo'lib chiqdi. Bu qorin bo'shlig'idagi suyak mushaklarining yirtilishi. Bu shunday jarohatiki, hatto yugurishga ham imkon bermaydi. U ikki haftadan beri reabilitaciyada, ancha engil. Tarkibga kirishni so'ramoqda. Men buning qanday jarohatligini bilaman. Xullas, ko'ramiz.
— Ikki xil taym guvohiga aylandik...
— Bilmadim, tribunada o'tirganlar qanday his qildi. Ammo, men maydon chetida yugurmagan bo'lsam ham tezda terladim. Juda dim. Quyosh maydonga qaragan edi. Shunday ob-havo sharoiti bo'lishi tushunarli. Organizm o'rganishi uchun unga ko'nikish kerak. Qoida bo'yicha kechqurun 7-8 da o'ynadik. Bu erda birinchi taym va raqibda ham charchash holati. Ko'rgan bo'lsangiz, raqib ham turgandi. Qiyin. Shunchaki yugurish qiyin.
Ikkinchi bo'limda o'yinni to'g'ri boshladik, keyin qandaydir tushunarsiz harakat qilishni boshladik. Raqib darvozasiga markaz orqali kirishga urdik. O'yindan oldingi mashg'ulotlarda esa boshqa narsani shug'ullangandik. Biz qanot orqali ishlashni ko'zlagandik. Tanaffusda gaykalar ozgina buraldi va aynan biz so'ragan o'yinni ko'rsatishlarini xohlaydik. Ayrim futbolchilar ko'rpani o'zlariga tortishga urinishyapti. O'ylaymanki, buni aniq hal qilamiz.
— Jamoa hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda ikkita-uchta imkoniyatga ega bo'ldi. Mutaxassis sifatida foydalanilmagan vaziyatlarda nima etishmadi deb o'ylaysiz?
— Bu mahoratga bog'liq. Masalan, Pedroda vaziyat bo'lsa, u to'p kiritadi. Nega bir futbolchi bitta teginish va undan so'ng gol uradi-yu, boshqasiga o'nta vaziyat kerak bo'lishini ayta olmaydi. Buni tushuntirish qiyin. Bu mahorat darajasi. Shu erda o'tgan yilgi voqealarni eslang, o'yin yakunlanishiga 20 daqiqada qolganda gollarni urib bo'lardik. Bizda Iskanderov kabi oldinda juda yuqori darajadagi futbolchilar bor edi. Vaziyat — gol. Agar adashmayotgan bo'lsam, har bir o'yinda biz birinchi bo'lib gol uramiz. Ilk daqiqalarda gol uramiz, keyin esa mudofaa tomonlarga qarab ketishni boshlaymiz. Shuni hal qila olmayapmiz. Biz futbolchilarni yana davom etishga majbur qilolmayapmiz. Ularga oltita gol o'tkazsak ham to'xtab qolmaslikni, bosimni davom ettirishni tushuntiryapmiz. Chempion bo'lishni xohlaganlar iqtidorli futbolchilardan tashqari chempionlik maktabidan o'tganlarni olishga urinishadi. Faqat hisob qanday bo'lishidan qatiy nazar, to'xtamaydigan futbolchilari bor jamoa chempion bo'ladi. 3-0ga yutyapmiz, ular to'xtashmayapti, 3-0ga yutqazyapmiz, ular to'xtashmayapti. Biz esa goldan so'ng oxirigacha bormayapmiz, shu bilan birga mashg'ulotlarda bunday muammo yo'q. Bu ruhiy daraja bilan bog'liq bo'lsa kerak.
— Pro liga jamoasi bilan bo'ladigan Kubokdagi bahsida qandaydir rotaciyalar bo'ladimi?
— Yuqorida aytganimdek, bizda barcha o'yinga chiqadi, boshqa variantimiz yo'q. Ertaga o'rinbosarlar ham o'ynaydi. Hozirda zaxira o'rindig'ida bo'lganlardan kimdir o'rinbosarlar safida ham o'ynaydi. Ikki kundan keyin "FarDU" bor. Bu o'yinda kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan va endi tiklangan o'yinchilar bilan harakat qilishni reja qilganmiz. Umid qilamanki, bugungi o'yindagi hech bir o'yinchi o'sha bahsda harakat qilmaydi. Hatto bizning o'rinbosarlar jamoamizning asosiy tarkibi bugun shu erda edi.
— O'tgan yili "Navbahor"ni qabul qilib olganingizda jamoa juda ham yulduzli tarkibga ega edi. Sizning qo'l ostingizda aynan o'sha yulduzli tarkibdn Komiljon Tojiddinov porlab chiqqandi. Ammo, bu yili uni maydonda kam ko'ryapmiz. Buning sabab nimada?
— Bizda ikki yig'in bo'ldi. O'nta o'yin va raqobat. Hammaga birdek imkoniyat berdik. U o'sha yig'inlarda Komilov bilan raqobatga dosh bera olmadi. Sababi shunda. O'zining paytini kutsin. U juda yaxshi futbolchi, men uni juda yaxshi ko'raman. Yaxshi, tartibli yigit, mehnatkash. Oltinchi turda asosiy tarkibni aniqlab, keyin o'zgartirib borishimizni aytganmiz. Xudo ko'rsatmasin-u, kimdadir kartochkalar va jarohatlar bo'ladi. Ularning barchasi hali o'ynaydi. Bizning zaxiramiz juda kichkina. Barcha o'ynashga ulguradi. Sizga mavsumni umuman boshqa jamoa yakunlashini kafolat beraman. Umuman boshqa jamoa. Hozir o'ynamayotganlar asosiy tarkibda bo'ladi. Bitta tarkib bilan shuncha o'yinni ko'tarib bo'lmaydi. Bu imkonsiz. Aprel va may oyi juda tig'iz, ulardan o'tib olishimiz kerak. Pauzalar bo'ladi, tayyorlanib olishimizga imkon ham. Hozirda bo'ladigan o'yinlarimiz raqobatchilarimizga qarshi. Bular "Bunyodkor", "Qo'qon-1912"... Shunday o'yinlar bo'lib o'tadi. Shundoq ham boshqa jamoalar bilan 6-7 ochkolarni yo'qotdik.