O'yinning 2-daqiqasidayoq mezbonlar xavbeki Sandro Tonali hisobni ochdi. 35-daqiqada esa Nikolas Jekson maydondan chetlatildi. "Nyukasl" 90-daqiqada Bruno Gimaraeshning goli evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi.
Ushbu bahsdan so'ng mezbonlar 66 ochko bilan uchinchi o'ringa chiqib olishdi, "Chelsi" esa 63 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan.