"Manchester Yunayted" xodimlari Evropa Ligasi finaliga bepul chipta olmaydi

  • Mr.NoBoDy 12.05.2025 11:16
  • 108
  • 30

MYU Evropa Ligasi finaliga o'z xodimlariga bepul chipta bermayapti. Bu chora xarajatlarni qisqartirish maqsadida qo'llanmoqda.

Ko'pchilik xodimlar uchun Manchesterda o'yinni tomosha qilish imkoniyati tashkil etiladi, bunga mehmonlar ham taklif qilinadi. "Daily Mail"ning xabar berishicha, har bir xodimga ikkita bepul ichimlik beriladi, mehmonlar esa ichimliklarni o'z hisobidan sotib olishlari kerak bo'ladi.

MYU nuqtai nazaridan, xodimlarga emas, balki muxlislarga ustuvorlik berilmoqda. Buning sababi shundaki, chiptalar katta talabga ega va agar mavjud chiptalarning katta qismi tomoshabinlarga emas, balki klubda ishlovchilarga berilsa, muxlislar norozilik bildirishi mumkin.

"CentreDevils" chiptalar bilan bog'liq masala haqida xabar qilgach. bu bazilarning kuchli noroziligiga sabab bo'lgandi.

Shu bilan birga, "Tottenxem" boshqacha yo'l tutdi. Ularning har bir shtatdagi xodimi bitta bepul chipta olish huquqiga ega bo'ladi. Taxminlarga ko'ra, bu taklif 700 ga yaqin xodimga berilgan.

Avvalroq PSJ prezidenti Nosir Al Helayfi klubdagi taxminan 600 nafar ishchisining ECHL finali uchun yo'l xarajatlarini o'z yonidan to'lashini malum qilib, shov-shuv ko'targan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar