Dragan Cheran hakamning xatolari, ko'p gol urolmayotgani va "Paxtakor"dan ketishi haqida gapirdi

  • Mr.NoBoDy 14.05.2025 11:48
  • 81
  • 30

O'zbekiston kubogi "B" guruhi 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Dragan Cheran o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Bugungi o'yin haqida fikr bildirsangiz.

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Ko'p gollar urildi. Afsuski, yutqazdik. Himoyada ko'p xatolarga yo'l qo'ydik. Oxir-oqibat juda ko'p gol o'tkazib yubordik. Oltita gol. Bu juda ko'p. Ha, ehtimol, kubokka keraklicha jiddiy yondashmagandirmiz. Ammo oldinda chempionat, Superkubok bor. Keyin esa Elit Chempionlar ligasi. Shuning uchun bu yutqazish, albatta, achinarli. Xullas, olg'a yurishda davom etamiz.

- Ikkinchi bo'lim boshida hakamga etiroz bildirganingiz uchun sizga sariq kartochka ko'rsatildi. Jiddiy etirozda qanchalik asos bor edi?

- Odatdagidek, shunchaki hakam bilan gaplashmoqchi edim. Fikrimizni bildirmoqchi, fikr almashmoqchi edik. U bugun juda ziddiyatli edi, shunday deyish mumkin. U bir necha marta yaqqol "Paxtakor" foydasiga xato qildi. Bu ham, albatta, ozgina tasir ko'rsatdi, lekin... Ular ham odam, xato qilishlari mumkin, shuning uchun hechqisi yo'q.

- Sizni O'zbekistonning ko'p yillik to'purari sifatida yaxshi bilamiz. Ammo bu yilgi ko'rsatkichlaringiz yaxshi emas. Bunga sabab nimada?

- Bu yilgi maqsad boshqa. Mening vazifam – yoshlarga va "Nasaf"ga yordam berish. Nafaqat shaxsan, balki jamoaviy tarzda ham yordam berish kerak. Yana bir bor chempion bo'lishimiz va nimaga qodir ekanligimizni ko'rsatishimiz zarur. Bizda yaxshi jamoa jamlangan.

- "Paxtakor" siz bilan munosib xayrlashmaganidan xafamisiz?

- Bu endi tarix bo'lib qoldi. Unga ortiq qaytmaylik.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar