Server Jeparov Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi a’zoligiga qabul qilindi

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 00:05
  • 69
  • 30

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori, ikki karra Osiyoning eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashining (IFAB) futbol bo‘yicha maslahat guruhi (Football Advisory Panel – FAP) a’zoligiga qabul qilindi.

IFAB, bu – futbol qoidalarini ishlab chiqish va takomillashtirish uchun mas’ul tashkilot bo‘lib, uning Futbol bo’yicha maslahat guruhiga FIFA va barcha konfederatsiyalardan vakillar tayinlangan.

FIFA futbolni rivojlantirish rahbari Arsen Venger, sobiq futbolchilar nigeriyalik Sandey Olise, argentinalik Esteban Kambiasso, fransuz Yuriy Jorkaef va portugaliyalik Liush Figu kabi yulduzlardan iborat bu kengashda endi O’zbekiston nomidan Server Jeparov ham ishtirok etadi.

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi uchun ajratilgan ikki o’rinning biriga G‘arbiy Osiyo vakili sifatida aynan Server Jepparov taklif qilingan bo’lsa, Sharqiy Osiyo vakili sifatida Yaponiya Futbol Uyushmasi Prezidenti, Yaponiya terma jamoasi sobiq futbolchisi va sardori Tsuneyasu Miyamoto tanlab olingan.

IFABning maslahat guruhi futbol qoidalarini o‘zgartirish, baholash va takliflar ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi. Keyingi ikki yil davomida Server Jeparov futbolni yanada adolatliroq va tomoshabop qilish maqsadida olib boriladigan bahs-munozaralarda ishtirok etadi.

FAP a’zolari o‘z konfederatsiyalarining va butun dunyo futbol jamiyatining manfaatlarini himoya qilishi kerak. Ular professional futbolni yaqindan bilishi, zamonaviy tendensiyalarni tushunishi va komissiya ishida faol qatnashishlari zarur.

FAP a’zolarining to’liq ro’yxati va ularning vazifalari haqida ushbu havola orqali to’liq ma’lumot olishingiz mumkin.

Server Jeparovning FAP tarkibiga qabul qilinishi uning futbol oldidagi xizmatlari tan olingani va O‘zbekistonning xalqaro futbol maydonidagi o‘rni yana-da mustahkamlanayotganini anglatadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar