“Ishtixon” bosh murabbiyi Mirjalol Loqaev: "Yigitlarimiz uch oydan beri maoshsiz o'ynashmoqda. Vaziyat o'zgarishini kutyapmiz"

  • Mr.NoBoDy 15.05.2025 02:48
  • 90
  • 30

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Sho'rtan" – "Ishtixon" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Loqaev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Bizning jamoa uchun qiyin o'yin bo'ldi. Raqibni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi liga va Superliga darajasi bilinib qoldi. Yo'l charchog'i va boshqa sabablar bugungi natijaga tasir qildi. Yigitlarga rahmat aytaman. Ular uch oydan beri maoshsiz o'ynashmoqda. Baribir futbolni aldab bo'lmaydi", -deydi Mirjalol Loqaev.

– "Olimpik" mag'lub etildi. "Mashal" va "Sho'rtan"ga imkoniyat bor berildi. Demak, bunga moddiy sabab ham tasir o'tkazganmi?

– Mavsum boshida hamma jamoa ham tayyor bo'lmaydi. Menimcha, yigitlarda mavsum boshida motivaciya bor edi. O'ynashga xohish bor edi. Shuni tasirida boshida g'alaba qozondik. 

– Buyog'iga rejalar qanday? 

– Vaziyat o'zgarishini kutyapmiz. Kutinglar deyishyapti. Mavsum boshida Birinchi ligada uchlikka kirish vazifasi qo'yilgandi. 

– Bu holatda o'sha vazifani uddalay olasizlarmi?

– Buning uchun rahbariyatdan ham turtki bo'lishi kerak. Yaxshi yigitlar bor bizda. Superliga ko'rgan, Pro ligada o'ynagan futbolchilarimiz bor.

– Kubok o'yinlari "Ishtixon"ga qanday haqiqatlarni ochib berdi?

– Biz uchun tajriba bo'ldi. Stadionimiz to'ldi. "Ishtixon"da bunday bo'lmagan. To'rt mingga yaqin muxlis kirdi stadionga. Superliga jamoasining Ishtixonga kelishi bayram bo'ldi.

– Maoshlar berilmayotgan bo'lsa safar xarajatlari qanday qoplanyapti?

– Homiylar, fermerlar... Hokim aytadi, olib kelib berishadi. 4-5 mln so'm katta pul emas-ku... O'yin kuni boramiz stadionga. Yigitlar futbolni yaxshi ko'rganlari uchun yurishibdi. 

– Ishtixonda futbolni qanday qabul qilishadi?

– Muxlislar futbolni sevishadi. Har bir o'yinimizda stadionimiz to'lyapti. Futbolni yaxshi ko'rishadi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar