CSKA Rossiya kubogi "RPL yo'li" finalining javob o'yinida "Zenit"ga qarshi maydonga tushdi. Birinchi o'yindagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatni javob o'yinida yo'qqa chiqargan CSKA penaltilar seriyasida 4:3 hisobda g'alaba qozondi va Rossiya kubogi yakuniy final o'yiniga yo'l oldi. Abbosbek Fayzullaev o'yinning 62-daqiqasida Miralem Pyanich o'rniga maydonga tushirildi. Rossiya kubogi supefinali 1 iyun kuni Lujniki stadionida o'tkaziladi. CSKAning raqibi "Spartak" yoki "Rostov" bo'ladi.
CSKA – "Zenit" 2:0 (penaltilar seriyasi: 4-3)
Dastlabki uchrashuv: 0:2