"Finalga tayyorgarlikning eng yaxshi usuli – "Chelsi"ga qarshi o'ynash. Futbolchilar shuni tushunishlari kerak: "Chelsi"ga qarshi o'ynaysizmi-yo'qmi, bu final uchun ahamiyatsiz va bu muhim. Men faqat "Chelsi" bilan bo'ladigan o'yinga tayyorgarlik ko'ryapman, butun etiborim shunga qaratilgan. Biz g'alaba qozonish va ajoyib o'yin namoyish etishni istaymiz. "Chelsi" bilan qanday o'ynashimiz keyingi o'yin uchun juda katta ahamiyatga ega bo'ladi. Biz ham, ular ham yaxshi o'ynashimiz lozim. Eng muhimi shu", – dedi Amorim.
Uchrashuv Evropa Ligasi finaliga besh kun qolganida bo'lib o'tadi. Final o'yinida MYU "Tottenxem" bilan bellashadi.
Avvalroq Amorim MYU xodimlarining Evropa Ligasi finaliga safari uchun pul to'lagan edi.