Seshanba kuni "Madrid" rahbariyati Mastantuononing agentlari bilan videomuloqot orqali 17 yoshli yarim himoyachining ehtimoliy transferi borasida gaplashgan.
"River Pleyt" argentinalikni kamida 45 mln evroga baholamoqda. Shuningdek, Mastantuonoga PSJ, "Manchester Yunayted", "Atletiko" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Argentina chempionatining joriy mavsumidagi 11 o'yinda yarim himoyachi 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.