Hujumchi klub bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Futbolchining amaldagi shartnomasi shu yozda o'z nihoyasiga etadi. Yangi bitim bir yilga mo'ljallangan bo'ladi.
Qishki transfer oynasida Neymar "Al Hilol"dan o'z vataniga, aniqrog'i "Santos"ga qaytdi. Mavsum davomida hujumchi bir necha bor jarohat oldi.