Superliga
10-tur
"Buxoro" – "Dinamo" 0:1 (LIVE)
Toshkent. "Jar" stadioni. 18:00
Gol: Anvar Hojimirzaev (Oybek O'rmonjonov) 34'
Bosh hakam: Firdavs Norsafarov
Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev
Zaxira hakami: Anvar Ismoilov
Nazoratchi: Mamur Saidkasimov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Kristina Sereda
Komissar: Oybek Ikromov
"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Muhammadsafo Fozilov (97.Shahboz Jo'rabekov, 36), 10.Shohruz Norxonov, 17.Javohir Ro'ziev, 19.Bilol To'pliev, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Javohir O'tamurodov, 8.Anvar Jo'raev, 9.Husayn Ergashboev, 14.Mahmud Jo'raboev, 23.Azamat Shomurodov, 77.Asilbek Qayumov, 94.Frane Ikich.
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvar Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey, 17.Salim Mustafoev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev, 25.Oybek O'rmonjonov, 88.Marko Stanoevich.
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 5.Duglas Maykon, 8.Sanjar Qodirqulov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 24.Muhsin Bozorov, 37.Firdavs Abdurahmonov.
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
36. "Buxoro"da o'zgarish: Fozilov o'rniga Jo'rabekov tushirildi.
34. GOL! O'rmonjonovning erlatib bergan pasidan keyin Hojimirzaev to'xtatmasdan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi – 0:1!
31. Uuux! O'rmonjonovning pasidan keyin kutilmaganda Fraydey chap oyoqda zarba yo'llab qoldi, noaniq. Aslida pas Hojimirzaev tomon kelgandi, biroq Richard buni inobatga olmadi va Anvar bilan turtilib ketdi.
28. Oybek O'rmonjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p to'g'ri borib Otabek Boymurodovga kelib tushdi.
24. Futbolchilarga suv ichib olish imkoniyati berilmoqda.
21. Sardor Qulmatov Anvar Hojimirzaevni yiqitishga majbur bo'ldi.
19. Uuux! Chiryak standartni o'zi amalga oshirib, ichkariga pas uzatdi. Norxonovning zarbasi xavfli chiqdi, ammo aniqlik etishmadi.
18. Mustafoev Chiryakka nisbatan qoidani buzdi va jarima belgilandi.
17. Buxorolik muxlislar sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. O'yin tempi esa u qadar yuqori emas.
14. O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuvni bevosita "Jar"da kuzatib bormoqda.
12. Boymurodovga yordam ko'rsatildi va jarima zarbasi belgilandi, Fraydeyga darvozabonga nisbatan qoida buzgan deb topildi.
10. Otabek Boymurodov to'pni ilib olish chog'ida jarima maydonchasi ichidan tashqariga chiqib ketdi, ammo jabrlanganini aytib, shifokorlarni yordamga chaqirdi.
9. Jahongir O'rozov o'ng qanot hujumidagi Richard Fraydeyga uzun pasni amalga oshirdi, noaniq. Legioner futbolchi sherigiga zo'r deb qo'yishni unutmadi.
7. Po'latov maydon markaziga yaqin hududda to'pni egallayotgan Hojimirzaevga nisbatan qo'pol o'ynadi.
3. Zarba! Qanotdan oshirib berilgan to'pni Qulmatov darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, ammo to'p darvozaga qadar etib bormasdan himoyachiga tegib qaytdi.
2. O'rozov katta tezlikda oldinga borayotgan Norxonovni ushlab qoldi, o'yindagi ilk fol.
1. O'yin boshlandi!
- Uchrashuv 18:00 da start oladi.