Superliga. "Buxoro" – "Dinamo" 1:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 17.05.2025 19:32
  • 78
  • 30

Superliga 10-turi doirasidagi uchrashuv davom etmoqda.

Superliga

10-tur

"Buxoro" – "Dinamo" 1:1 (LIVE)

Toshkent. "Jar" stadioni. 18:00

Gollar: Shahboz Jo'rabekov 65' – Anvar Hojimirzaev (Oybek O'rmonjonov) 34'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Yordamchi hakamlar: Shohruh Maqsudov, Adham Rixsiboev

Zaxira hakami: Anvar Ismoilov

Nazoratchi: Mamur Saidkasimov

VAR: Asker Najafaliev

AVAR: Kristina Sereda

Komissar: Oybek Ikromov

"Buxoro": 21.Otabek Boymurodov, 2.Izzatillo Po'latov, 5.Sardor Qulmatov, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Muhammadsafo Fozilov (97.Shahboz Jo'rabekov, 36), 10.Shohruz Norxonov, 17.Javohir Ro'ziev, 19.Bilol Tupliev, 25.Frane Chiryak, 27.Muhammad Yo'ldoshev, 93.Marko Kolakovich.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 4.Javohir O'tamurodov, 8.Anvar Jo'raev, 9.Husayn Ergashboev, 14.Mahmud Jo'raboev, 23.Azamat Shomurodov, 77.Asilbek Qayumov, 94.Frane Ikich.

"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov, 10.Anvar Hojimirzaev, 16.Richard Fraydey, 17.Salim Mustafoev, 18.Oleksandr Kucherenko, 22.Ulug'bek Abdullaev, 25.Oybek O'rmonjonov, 88.Marko Stanoevich.

Zaxira: 27.Edem Nemanov, 5.Duglas Maykon, 8.Sanjar Qodirqulov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 24.Muhsin Bozorov, 37.Firdavs Abdurahmonov.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



65. GOL! Himoyachilardan qaytgan to'pni Jo'rabekov kuchli zarbasi orqali darvozaga joylab qo'ydi – 1:1!

65. "Dinamo"da 2 ta almashtirish: Mirahmadov o'rniga Abdurahmonov, Fraydey o'rniga Maykon bahsni davom ettiradi.  

64. "Buxoro"da 2 ta o'zgarish: Tupliev o'rniga Qayumov, Xayrullaev o'rniga Ikich tushirildi.  

62. Xayrullaevning uzatmasidan keyin himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi. 

60. Zarba! Hojimirzaevning darvoza tomon yo'llagan zarbasi rikoshet orqali Boymurodovga kuchsiz holda etib bordi. 

59. Uuuux! Stanoevichning burchak zarbasidan bergan zarbasini Otabek Boymurodov qaytarishga erishdi. 

57. Maydonga qaylardandir turli cellofanlar uchib kelmoqda. 

55. Zarba! Xayrullaev zarbasi orqali Yagudinning hushyorligini sinab ko'rdi. Darvozabon pastki burchakka ketayotgan to'pni ilib oldi. 

53. Hojimirzaevning ichkariga oshirib bergan pasini himoyachilar bartaraf etishdi. 

50. Norxonovdan qo'pollik. Hujumchi Ratinoning oyog'ini bosib oldi. 

49. Himoyachilardan qaytgan to'pni Po'latov darvozaga yo'llashga urinib ko'rdi, zarba ancha noaniq.

47. Kuchli shamol orqali butun Toshkent chang ostida qoldi. Bu narsa "Jar" stadionida ham sezilmoqda. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:1. Tanaffus! 

45+5. Chiryakning jarima zarbasi orqali oshirgan pasidan so'ng to'p hech kimga tegmay maydondan chiqib ketdi. 

45+3. "Buxoro"ning hujumdagi ishlari biroz yurishmayapti, ammo ilinj bor. 

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Norxonov va O'rozov maydon tashqarisida to'p uchun talashib, biroz bahslashdi. Hakam har ikki futbolchiga tushuntirish berdi. 

40. Norxonov maydon markaziga yaqin joyda Kucherenkoga nisbatan qo'pollik ishlatdi. 

36. "Buxoro"da o'zgarish: Fozilov o'rniga Jo'rabekov tushirildi. 

34. GOL! O'rmonjonovning erlatib bergan pasidan keyin Hojimirzaev to'xtatmasdan zarba yo'llab, darvozani ishg'ol qildi – 0:1!

31. Uuux! O'rmonjonovning pasidan keyin kutilmaganda Fraydey chap oyoqda zarba yo'llab qoldi, noaniq. Aslida pas Hojimirzaev tomon kelgandi, biroq Richard buni inobatga olmadi va Anvar bilan turtilib ketdi. 

28. Oybek O'rmonjonovning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng to'p to'g'ri borib Otabek Boymurodovga kelib tushdi. 

24. Futbolchilarga suv ichib olish imkoniyati berilmoqda. 

21. Sardor Qulmatov Anvar Hojimirzaevni yiqitishga majbur bo'ldi. 

19. Uuux! Chiryak standartni o'zi amalga oshirib, ichkariga pas uzatdi. Norxonovning zarbasi xavfli chiqdi, ammo aniqlik etishmadi.

18. Mustafoev Chiryakka nisbatan qoidani buzdi va jarima belgilandi. 

17. Buxorolik muxlislar sevimli jamoalarini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. O'yin tempi esa u qadar yuqori emas. 

14. O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze uchrashuvni bevosita "Jar"da kuzatib bormoqda. 

12. Boymurodovga yordam ko'rsatildi va jarima zarbasi belgilandi, Fraydeyga darvozabonga nisbatan qoida buzgan deb topildi. 

10. Otabek Boymurodov to'pni ilib olish chog'ida jarima maydonchasi ichidan tashqariga chiqib ketdi, ammo jabrlanganini aytib, shifokorlarni yordamga chaqirdi. 

9. Jahongir O'rozov o'ng qanot hujumidagi Richard Fraydeyga uzun pasni amalga oshirdi, noaniq. Legioner futbolchi sherigiga zo'r deb qo'yishni unutmadi. 

7. Po'latov maydon markaziga yaqin hududda to'pni egallayotgan Hojimirzaevga nisbatan qo'pol o'ynadi. 

3. Zarba! Qanotdan oshirib berilgan to'pni Qulmatov darvozaga to'g'rilab qo'yishga urindi, ammo to'p darvozaga qadar etib bormasdan himoyachiga tegib qaytdi. 

2. O'rozov katta tezlikda oldinga borayotgan Norxonovni ushlab qoldi, o'yindagi ilk fol. 

1. O'yin boshlandi!

- Uchrashuv 18:00 da start oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar