Ro'ziqul Berdiev: "Qo'qon-1912" ancha kurashuvchan jamoa ekanligini bilardik"

  • Mr.NoBoDy 17.05.2025 23:40
  • 120
  • 30

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Nasaf" (0:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ro'ziqul Berdiev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Biz bugun yaxshi shakllangan jamoani mag'lubiyatga uchratdik. "Qo'qon-1912" ancha kurashuvchan jamoa ekanligini bilar edik va shu sababli jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Raqibimiz asosan uzun paslar orqali harakatlanadi. Biz hisobni nazorat qila oldik. Futbolchilarning mahorati ham namoyon bo'ldi", - deya aytib o'tdi Ro'ziqul Berdiev.


- Rubin Xebay jamoaga to'liq qo'shilib keta olmayotgandek. Bunga sabab nimada?

- Xebay ko'p jarohat oldi. Rubin o'yinga qo'shilib keta olmagani sababli ikkinchi bo'limda Norchaevni maydonga tushirdik. Shu orqali hujumdagi keskinlikni oshirdik.

- Sherzod Nasrullaev qachon maydonga qaytadi?

- U hozir betob. Umid qilamizki, u keyingi o'yinlarda ishtirok eta oladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar