«Inter Mayami» 37 yoshli hujumchi Anxel Di Mariyaga qiziqish bildirmoqda. Argentinalik futbolchi avvalroq «Benfika»dan ketishini e’lon qilgan edi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, AQSH klubi Di Mariya bilan shartnoma tuzishga intiladi. Bu yozgi transfer oynasi 24 iyulda ochilishidan avval amalga oshirilishi mumkin. «Inter Mayami» rahbariyati Di Mariyaning Lionel Messi bilan bir jamoada to‘p surishini xohlamoqda — ular 2022 yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritishgan.
Joriy mavsumda Di Mariya barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 15 ta gol va 10 ta golli uzatma bilan ajralgan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 3 million yevroga teng.