Braziliyalik futbolchi Madrid klubini tark etish haqida o'ylamoqda. Gap shundaki, uni Kilian Mbappe va Vinisiusga bo'lgan katta etibor xafa qilmoqda. Rodrigo bu futbolchilardan "ortda qolganini" his qilmoqda. Qayd etilishicha, vinger yozda Londonga ko'chib o'tishi hech gap emas.
Rodrigo "Real" safida jami 267 ta o'yin o'tkazib, ularda 68 ta gol va 50 ta assist qayd etgan. Transfermarkt portali futbolchini 100 mln evroga baholamoqda.