“Xorazm” — “Mashal” 3:0
18.05.2025. Jizzax, "So'g'diyona" stadioni. 20:15
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Sardor Hakimov, Daniil Yacenko, Muntoz Toshmurodov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR hakami: Asker Najafaliev
AVAR hakami: Roziyabonu Yusupova
Komissar: Oybek Yunusov
Gollar: Shahrom Samiev 7, - 1:0 (Vladimir Bubanya). Xazratjon Tursunqulov 18, - 2:0 (Sunnatulla Abdullajonov). Sunnatulla Abdullajonov 58, - 3:0 (Humoyunmirzo Iminov).
"Xorazm": 1.Mashhurjon Muhammadjonov, 7.Temurbek Ismailov (18.Francis Narx, 65), 8.Xazratjon Tursunqulov, 9.Jasur Azimov (5.Dilshod Jo'raev, 65), 11.Humoyunmirzo Iminov, 15.Vladimir Bubanya, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 44.Dostonbek Tursunov (4.Farruxjon Ibrohimov, 88), 77.Sunnatulla Abdullajonov (79.Azizjon Ahrorov, 88), 88.Abror Xo'sinov, 99.Shahrom Samiev (10.Murodbek Bobojonov, 83)
Zaxira: 12.Sardor Qobuljonov, 3.Ravshanbek Sultonov, 20.Danila Ejov, 22.Sanjar Shoaxmedov,
"Mashal": 1.Umidjon Hamroev, 5.Samandar Ochilov, 7.Islombek Baratov, 8.Sardor Abduraimov (18.Dilshod Rahmatullaev, 63), 10.Humoyun Murtozaev, 15.Muhammadali Aliqulov, 19.Islom Sharipov (30.Shoxnazar Norbekov, 70), 22.Nurjahon Muzaffarov, 24.Avazxon Mamatxo'jaev (9.Ibrohim G'anixonov, 63), 28.Ergash Ismoilov, 96.Ibrohim No'monov
Zaxira: 35.Dostonbek To'xtaboev, 2.Mudasiru Salifu, 6.Javohir Abdualimov, 17.Anvar Murodov, 27.Zafarbek Akramov, 37.Sherzod Fayziev
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
2025 yilgi Superliganing dastlabki ikki turida ikkita g'alabaga erishgan "Xorazm" shundan keyin ketma-ket 6 ta turda g'alaba qozona olmagan edi.
90+8. Uchrashuv yakunlandi, "Xorazm" - "Mashal" 3:0
90+7. ZARBA! Ibrohim No'monovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi
90+3. ZARBAAAA! Bu safar Iminovning zarbasi darvoza ustunga tegib qaytdi!
90+1. ZARBAAAA! Bobojonov hozir birga bir vaziyatga chiqib noaniq zarba berdi, agar Ahrorovga uzatganida hisob o'zgarardi
90. Uchrashuvga 7 daqiqa qo'shildi
88. O'zgarishlar. "Xorazm". Abdullajonov va Tursunov o'rniga Ahrorov va Ibrohimov tushdi
86. ZARBAAAA! Hozirgina maydonga tushgan Bobojonov o'ng qanotdan Narx tomonidan uzatilgan to'pni darvozaga yo'lladi, darvozabondan superseyv!
83. O'zgarish. "Xorazm". Samiev o'rniga Bobojonov tushdi
81. ZARBA! Dilshod Rahmatullaevning jarima maydoni yonidan tepgan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi
76. Penalti yo'q, Uchrashuv davom etadi.
72. Penalti? "Mashal"da burchak to'pi, zaxiradan tushgan Norbekov boshi bilan darvozaga zarba berdi, Muhammadjonov to'pni qaytardi, qaytgan to'p Jo'raevga tegib maydonga qaytdi. Shu vaziyatda to'p Jo'raevning qo'liga tekkandek ko'rindi va bosh hakam VARni taxminan 4 daqiqa davomida tingladi. VAR orqali penalti yo'qligigiga ishonch hosil qildi va o'yin davom ettirildi.
70. O'zgarish. "Mashal". Sharipov o'rniga Norbekov tushdi
65. O'zgarishlar. "Xorazm". Azimov va Ismoilov o'rniga Jo'raev va Narx tushdi
63. O'zgarish. "Mashal". Mamatxo'jaev va Abduraimov o'rniga G'anixonov va Rahmatullaev tushdi
62. ZARBAAA! Samiev hozir dubl qayd etishi mumkin edi, uning zarbasi yo'liga Hamroev to'g'anoq bo'ldi
58. GOL! Iminovdan to'pni qabul qilib olgan Abdullajonov raqib jarima maydoni ichida bir himoyachidan o'tib kuchli zarba bilan hisobni yiriklashtirdi - 3:0.
56. GOL! Abdullajonovdan to'pni qabul qilib olgan Iminov birga bir vaziyatdan gol urdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi va gol inobatga olinmadi
47. "Mashal"ning hujumi, chap qanotdan Sharipov tepgan to'pni Muhammadjonov ushlab oldi
46. Ikkinchi taym boshlandi
45+3. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 2:0
45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shildi
39. "Xorazm" yana burchak to'piga ega bo'ldi, jarima maydoniga uzatilgan to'pni Dostonbek Tursunov darvoza tomon yo'lladi, darvoza chizig'i ustida turgan Ergash Ismoilov to'pni qaytarib yubordi!
31. ZARBAA! O'ng qanotdan Mamatxo'jaev uzatgan to'pni Murtozaev jarima maydoni ichida egallab darvozaga zarba berdi, Muhammadjonov to'pni qaytarishga erishdi!
20. UXXX! Darvoza to'sini! "Mashal"ning javob hujumi, Islom Sharipovning to'p uzatishidan keyin Humoyun Murtozaev birga bir vaziyatda yaqin masofadan zarba berdi, to'p darvoza to'siniga tegib qaytdi!
18. GOL! Sunnatulla Abdullajonov bilan "devor" uslubida kombinaciya tashkil etgan Xazratjon Tursunqulov jarima maydon ichidan gol urdi - 2:0.
12. ZARBA! "Xorazm"ning hujumi, Abror Xo'sinovning chap oyoqda yo'llagan kuchli zarbasi bilan tugadi, Umidjon Hamroev to'pni qaytardi!
7. GOL! Ismoilov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Bubanya to'pni darvoza yoniga tashlab berdi Samievning chap oyoqda yo'llagan zarbasi golga aylandi - 1:0.
2. "Xorazm" burchak to'piga ega bo'ldi. Iminovning uzatgan to'pini sheriklari darvozaga yo'llay olishmadi
1. O'YIN BOSHLANDI
- Uchrashuv soat 20:15da boshlanadi.