Alisher Odilov: "Mashg'ulotlardan keyin "Trivela" uslubida alohida shug'ullanamiz"

  • Mr.NoBoDy 18.05.2025 23:16
  • 84
  • 30

Superliganing 10-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Navbahor" (2:3) o'yinidan keyin mehmonlar hujumchisi Alisher Odilov o'z fikrini bildirdi.

"O'yin yuqori tempda o'tdi. "Bunyodkor" jang taklif qilishini bilardik. Raqib qarshi hujumlariga tayyor edik va o'ylagan natijamizga erishdik.

Oldinda "Nasaf" va OKMKga qarshi muhim o'yinlar bor, biz bunga tayyormiz.

Xatolarimiz ham bor, bu hamma jamoada uchraydi. Jamoa 90 foiz yangilangan, vaqt o'tgan sari asta-sekin xatolar ustida ishlayapmiz.

Ligeonerlar bilan maydonda ancha til topishib qoldik. Mavsum boshida bu borada biroz qiyinchiliklar bor edi. 5-6 turdan so'ng bir-birimizni ancha tushunadigan bo'ldik.

"Trivela" uslubida mashg'ulotlardan keyin Jiyanov bilan ishlaymiz. "Barselona"da Yamalning shunday paslaridan ilhomlanib, biz ham o'yinlarimizga joriy qilishga harakat qilyapmiz",  dedi 23 yoshli futbolchi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar