-"Paxtakor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Biz qiyin o'yin bo'lishi bilardik. Raqibimizda murabbiy almashgach, o'yin uslubi o'zgarib jamoa ikkita o'yinda 12 ta gol urishga erishdi. Biz ularning o'yinini o'rganib chiqqandik. Jamoa bugun ham avvalgi o'yinlar singari hujumkorlikni davom ettirishini kutgandik. Biz ham o'z navbatida raqibga kutilmagan "syupriz" qilishni rejalashtirgandik. Birinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Vaziyatlarni yaratdik. Ammo gol ura olmadik. Ikkinchi bo'limda esa o'yin oxirida raqib yana ikkita gol urib, yirik g'alabaga erishdi.
Umuman bugun stadionda ajoyib atmosfera hukmron edi. Raqib vaziyatlardan samarali foydalandi. Biz esa...
-Jumanqo'ziev yaxshi o'ynab turgandi. Uni zaxiraga olishingizga sabab nima edi?
-Ha, u yaxshi o'yin o'tkazdi. Ammo murabbiylar shtabi shunday qarorga keldik. Unda sariq kartochka bor edi va shundan keyin ham ikkita vaziyatda raqibga qo'pollik ishlatdi va hakam yana uni ogohlantirib, maydondan chetlatishi ham mumkin edi. Shu sabab uni zaxiraga olishga majbur bo'ldik.
-Bugun Vahobov va Diyor Rahmatilloev qaydnomadan ham joy olishmadi. Ularning jarohatlari qanchalik jiddiy?
-Vahobov o'tgan turda "Mashal"ga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Umid qilamizki, u keyingi o'yinda safimizda bo'ladi. Diyor esa kecha mashg'ulotlar chog'ida jiddiy jarohat oldi. Biz uni bugun maydonga tushirishga tayyor edik. Afsuski, kechagi mashg'ulotdan olgan jarohati bois u malum vaqt bizga yordam bera olmaydi.