Valeriy Sedunov vafot etdi

  • Mr.NoBoDy 19.05.2025 14:24
  • 93
  • 30

Taniqli futbol murabbiyi, “Sog'lom avlod uchun” ordeni sohibi Sedunov Valeriy Vladimirovich olamdan o'tdi.

V. Sedunov 1953 yilda Marg'ilon shahrida tug'ilgan. Futbolchilik faoliyatini o'sha davrdagi “Mehnat” futbol jamoasida darvozabonlikdan boshlagan. Minglab yoshlarga ustozlik qilgan. Nafaqaga chiqqaniga qaramay hamon yoshlar bilan ishlab kelayotgan edi.

Andrey Fyodorov, Ravshan Tillaboev, Shuhrat Nazirov, Salim Zokirov, Murodbek Ismoilov, Temur Hakimov, Aziz Mamajonov, Baxtiyor Yoqubov, Aziz Ibragimov, Islom Ismoilov, Muzaffar Muzaffarov, Abdulloh Olimov kabi yuzdan ortiq shogirdlari futbol bo'yicha O'zbekiston milliy chempionatlarida va sobiq Ittifoq birinchiliklarida to'p tepishgan.

Championat.asia sayti va futbol jamoatchiligi mehribon ustoz, malakali murabbiy Valeriy Sedunovning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va shogirdlariga chuqur taziya izhor etadi.


Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar