Laporta "Barselona" qachon asosiy stadioniga qaytishini tushuntirdi

  • Mr.NoBoDy 19.05.2025 18:24
  • 99
  • 30

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning "Kamp Nou"ga qaytish vaqtini malum qildi.

"Ayni damda kelasi mavsumdan boshlab "Kamp Nou"da o'ynashni rejalashtiryapmiz. Bu antiqa bo'ladi, chunki qurilish davom etayotganda biz o'ynaymiz. Dekabr oyiga qadar stadion 90 foizga tayyor bo'lishi kerak, ishlar 2026 yilning yozida yakunlanishi ko'zda tutilgan. Tom yopishda biroz kechikish bo'lishi mumkin. Agar hammasi rejadagidek ketsa, "Vilyarreal"ga qarshi o'yin "Olimpiya" stadionidagi oxirgi o'yinimizdir", – dedi kataloniyaliklar klubi prezidenti.

"Barselona" "Vilyarreal" bilan o'yinda 2:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Avvalroq "Barselona" kelasi mavsumda "Kamp Nou"ga qaytishni rejalashtirayotgani malum qilingan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar