Milliy futbol markazidagi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 16:05
  • 42
  • 30

Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilayotgan Milliy futbol markazi futbolimiz uchun muhim infratuzilma loyihasi hisoblanadi. Ayni paytda mazkur hududda qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh qurilish holatini o‘rganish, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish va kelgusidagi reja va topshiriqlarni belgilash maqsadida qurilish maydonida bo‘ldi.

Markaz tarkibida zamonaviy mehmonxona, futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Milliy terma jamoalar uchun tayyorgarlik bazasi, Respublika futbol akademiyasi, sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazlari bo‘lishi rejalashtirilgan. O‘rganish davomida sport tibbiyoti markazi, shuningdek, tibbiyot mutaxassislari faoliyati va muolajalar uchun zarur sharoitlar yaratish bo‘yicha fikr almashildi.

Shu bilan birga, markazdagi maxsus yurish va veloyo‘laklar, hamda binolarga kirish-chiqish joylarini optimal tarzda joylashtirish yuzasidan muhokamalar olib borildi. Sport inventarlari va mashg‘ulot obyektlari bo‘yicha taklif va mulohazalar bildirildi. Terma jamoalar markazidagi mehmonxona, restoran va ochiq hududda zarur sharoitlar yaratish yuzasidan ham tegishli vazifalar berildi.

Markazini zamonaviy standartlarga muvofiq tashkil etish va futbolchilar uchun qulay sharoitlar yaratish yuzasidan tavsiyalar topshiriqlar berilib, kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar