Devid Bekxem Ruben Amorimning MYUdagi faoliyati haqida: "Uni qo'llab-quvvatlash kerak, keyin natijani ko'rasiz"

  • Mr.NoBoDy 20.05.2025 16:48
  • 45
  • 30

"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Devid Bekxem Ruben Amorimning klubda muvaffaqiyat qozonishiga ishonch bildirdi.

"Ruben murabbiy sifatida o'z falsafasini jamoaga olib kirishi uchun qo'llab-quvvatlashga muhtoj. U allaqachon bunga harakat qilmoqda, biroq menimcha, u o'z jamoasini va o'yinchilarni jamoaga jalb qilganidan so'ng natijalarni ko'rasiz", – dedi Bekxem.

"Qizil iblislar" sobiq azosi, shuningdek, rahbariyat futbolchilar transferi borasidagi siyosatini o'zgartirishi kerakligini aytdi va klubni Brunu Fernandeshni sotmaslikka chaqirdi.

"Men Fernandeshni sotishga hojat yo'q deb o'ylayman. U ajoyib edi. Biz vaqti-vaqti bilan "Yunayted"ning bazi o'yinchilarini tanqid qilganmiz, ammo kimdir oldinga borishi kerak bo'lganida, u buni amalga oshirdi.

“Yunayted”ning yosh futbolchilari klubni tark etishi ham menga yoqmaydi. Biz futbolchilarni faqat moliyaviy sabablarga ko'ra sotmasligimiz kerak", – deya qo'shimcha qildi u.

Brunu Fernandeshning yutuqlari nafaqat Bekxem tomonidan qayd etildi – portugaliyalik futbolchi 2024/25 yilgi mavsum yakuniga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar