"Real" hujumchisi "Seviliya" bilan bo'lgan o'yinning 2-taymida jarohat oldi (0:2). U yakshanba kungi uchrashuvning 58-daqiqasida almashtirildi.
Bugun futbolchi mashg'ulotlarga qaytdi, ammo og'riq his qilgani sababli tekshiruvga yuborildi. Natijada braziliyalik o'yinchiga tashxis qo'yildi: o'ng oyoqning tizza payi jarohati. Tiklanish taxminan ikki oy davom etishi kutilmoqda
Shunday qilib, Endrik La Ligada "Real Sosedad"ga qarshi o'ynamaydi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etmaydi.