"Sirdaryo FA" bosh murabbiyi Abbos Maxstaliev: "Maqsadimiz – akademiya yoshlariga imkoniyat berish"

  • Mr.NoBoDy 22.05.2025 02:00
  • 48
  • 30

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Xorazm" – "Sirdaryo FA" o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Abbos Maxstaliev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Raqibni tabriklaymiz. Bizda asosan yosh futbolchilar. Maqsadimiz akademiya yoshlariga imkoniyat berish. Darvozabonimiz 15 yosh edi. Maqsad – terma jamoaga o'yinchi etkazib berish", -deydi Abbos Maxstaliev.

– Sirdaryo viloyatidan yangi Maxstalievlarni yana qachon ko'ramiz?

– Bizda har doim istedodlar bo'lgan. Terma jamoada doim biz etishtirib bergan o'yinchilar bo'lgan.

– Hozirgi U-17 terma jamoamiz o'sha sizlarning davringizdagi jamoadan qanchalik fark qiladi?

– Ularning jamoaviy o'yini juda kuchli. Shuning samarasi o'laroq hammadan ustun kelishdi.

– Abbos Maxstalievning futbolchilik faoliyatini erta yakunlashiga sabab nima?

– Futbolchilik faoliyati o'xshamagani sababli, murabbiylik faoliyatini boshladim. Yaxshi murabbiy bo'lishga harakat qilaman.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar