"Al Hilol" APLning taniqli murabbiyiga qiziqmoqda

  • Mr.NoBoDy 22.05.2025 19:16
  • 60
  • 30

"Nottingem Forest" klubini boshqarayotgan portugaliyalik mutaxassis Nunu Eshpiritu Santu yana Saudiya Arabistonida – bu safar "Al Hilol"da paydo bo'lishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.

51 yoshli murabbiy Angliya klubida 2023 yildan buyon ishlab kelmoqda. U avval Saudiya Arabistoni chempionatida, yani "Al Ittihod"da ishlagan. "Nottingem Forest" uning qo'l ostida  37 o'yindan so'ng 65 ochko jamg'argan holda APLda 7-o'rinni egallab turibdi.

"Al Hilol" Saudiya Arabistoni Pro-ligasi turnir jadvalida "Al Ittihod"dan 8 ochko kam to'plab, 2-o'ringa joylashgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar