Superliga. "Nasaf" – OKMK 1:1 (matnli translyaciya)

  • Mr.NoBoDy 23.05.2025 21:24
  • 81
  • 30

Superliga 11-turining markaziy uchrashuvi davom etmoqda.

Superliga

11-tur

"Nasaf" – OKMK 1:1 (LIVE) 

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 20:00

Gol: Husayn Norchaev (Zafarmurod Abdiraxmatov) 16' – Nodirbek Abdurazzoqov (Xurshid G'iyosov) 52'

Bosh hakam: Shavkat Nasibullaev

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Aleksandr Sidorov

Zaxira hakami: Zokir Sapoev

Nazoratchi: Timur Galeev

VAR: Doston Rahmonov

AVAR: Shohnur Yo'ldoshev

Komissar: Shohruh Said

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 6.Murodbek Rahmatov, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdiraxmatov, 10.Dragan Cheran, 14.Sharof Muhitdinov, 18.Husayn Norchaev, 19.Stefan Cholovich (5.G'olib G'aybullaev, 46), 22.Igor Golban, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov.

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 9.Javohir Sidiqov, 17.Suhrob Nurulloev, 24.Sardorbek Bahromov, 28.Shuhrat Muhammadiev, 33.Bahodir Xalilov, 73.Diyorbek Asomiddinov, 99.Rubin Xebay.

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 4.Mirjamol Qosimov, 5.Giorgi Papava, 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev, 9.Kleydi Daci (8.Aziz Xolmurodov, 46), 10.Xurshid G'iyosov, 15.Oybek Rustamov, 19.Ahmadullo Muqumjonov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 77.Nodirbek Abdurazzoqov.

Zaxira: 1.Humoyunshoh Sayyotov, 2.Akromjon Komilov, 11.Ruben Sanches, 13.Eldorbek Begimov, 27.Ali Abdurahmonov, 28.Arixiro Sentoku, 90.Abubakr Rizo Turdialiev, 99.Asadbek Sobirjonov.

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



54. Cheran Qosimovga nisbatan qo'pol harakat qildi. Hakam hushtak chaldi. 

52. GOL! OKMK tezkor qarshi hujumni golga aylantirdi. Jarima maydonchasi ichiga yorib kirgan G'iyosovning pasidan keyin Nodirbek Abdurazzoqov bo'sh qolgan darvozaga yo'l topdi – 1:1!  

51. Zarbaaa! Bozorovning chap oyoqda yo'llagan zarbasini posbon bartaraf etdi. 

50. Islom To'xtaxo'jaev o'ng qanotda Lutfulla To'raevning fintini takrorladi, to'p maydon tashqarisiga yo'l oldi. 

47. Zarbaa! Bozorovning zarbasidan keyni to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! 

46. "Nasaf"da o'zgarish: Cholovich o'rniga G'aybullaev tushirildi. 

46. OKMKda almashtirish: Daci o'rniga Xolmurodov maydonga tushdi. 

Birinchi bo'lim nihoyasiga etdi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45+5. "Nasaf" bo'limning so'nggi soniyalarini hujumda o'tkazib qo'ymoqchi. Hozircha OKMK to'pni olib qo'yishning uddasidan chiqolmayapti.  

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

44. Zarba! G'iyosovning bosh bilan bergan kuchsiz zarbasini Nematov qaytardi. 

42. Abdurazzoqovning burchak zarbasidan oshirib bergan to'pini himoyachilarga yordamga kelgan Cheran bartaraf qildi. 

41. Zarbaaa! Abdurazzoqovning xavfli va mo'ljalga aniq borayotgan zarbasini Nexmatov qaytarishga erishdi! Chiroyli zarba va zo'r seyv!  

39. Darvozabon Ilyosov to'pni o'yinga kiritayotganida Norchaev undan zarba qabul qilib oldi, hujumchiga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

37. Mozgovoy va G'iyosov maydon markazida to'qnashdi, olmaliqliklar foydasiga standart belgilandi. 

34.  Zarbaaa! Sharof Muhitdinovning uzatmasidan so'ng Stefan Cholovich chamasi 14 metrdan chap oyoqda darvozani nishonga oldi, sal noaniq. 

30. Uuux! Bozorovning pasidan keyin Abdiraxmatov deyarli birga-bir holatga chiqib bordi, uning zarbasini Ilyosov bartaraf etdi. 

26. Oybek Bozorov qanotda Dilshod Ahmadalievni yiqitdi, OKMK jarima zarbasi ishlab oldi. 

23. Endi OKMK biroz faollashgan holda vaziyatni o'nglashga urinmoqda, Mirjalol Qosimov o'rnidan turib olgan va shogirdlaridan dadil bo'lishni talab qilyapti. 

20. Abdiraxmatovda ofsayd bor yoki yo'qligi tekshirildi va gol inobatga olindi.

18. Bosh hakam Shavkat Nasibullaev VAR bilan obdan suhbat qurmoqda. 

16. GOL! Abdiraxmatovning uzatmasidan keyin markazda yolg'iz qoldirilgan Husayn Norchaev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0! Ilk xavfli hujum va samarali yakun. 

13. Ahmadalievning havolatib amalga oshirgan uzatmasidan so'ng qarshiliklar to'pni uzoqlashtirishdi. 

11. Qosimov maydon markazida Mozgovoyga nisbatan qoidani buzdi. 

8. Zarba! O'lmasalievning erlatib bergan pasidan so'ng Qosimov ancha noaniq zarbaga mualliflik qildi. 

5. Uuux! Abdurazzoqov himoyachilarni chalg'itib, chap oyoqda pastki burchakni poyladi, Nematov mahoratini ko'rsatdi! 

3. Mezbon "Nasaf" to'p nazoratini qo'liga oldi, OKMK esa raqibni kutib olmoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi!



Ўхшаш янгиликлар